Kirish A`zo bo`lish
Klopp Bundesligadan 2 nafar futbolchi olib kelmoqchi
09 mar 2019, 17:10
368

Team Talk nashri ma'lumotlariga ko'ra, "Liverpul" o'zining yozgi transfer oynasi uchun rejalarini belgilab olgan. Unga ko'ra "Borussiya Myunxengladbax" himoyachisi Mattias Ginter va "Bayer" jamoasi xavbeki Yulian Brandt ro'yxatda mavjud. Ushbu futbolchilarni sotib olishni shahsan Yurgen Kloppning o'zi xohlamoqda.

25 yoshli Ginter ushbu mavsum "Borussiya M" tarkibida 21 uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchi transfer narxi 35 mln yevroga baholanmoqda.

22 yoshli Brandt esa ushbu mavsum "Bayer" safida 33 uchrashuvda 7 ta gol urib, 10 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi transfer narxi 45 mln yevroga baholanmoqda.

Manba: Liverpul.asia
Теглар
  1 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net