Kirish A`zo bo`lish
Virjil van Deyk: "Poygadamiz va oxirigacha kurashamiz"
09 mar 2019, 17:10
190

"Chempionlik uchun kurash eng oxirgi turgacha davom etishini his qilmoqdaman va biz bor kuchimizni ishga solamiz. Albatta, "Manchester Siti" ham.

[rasm] https://stadion.uz/images/news ... i.jpg [|rasm]

Mening orzuyim - "Liverpul" bilan sovrinlarga ega chiqish, chunki "Liverpul" bunga munosib jamoa. Biz bunga yaqinmiz, biz poygadamiz va biz oxirigacha kurashamiz.

Men nimani tanlagan bo'lardim: APL yoki YeCHL da g'olib bo'lishnimi? Men tanlay olmayman, lekin o'ylaymanki, APL da g'olib bo'lish boshqacha bo'lardi. Ayniqsa, qattiq kurash kechayotgan ushbu yilda. Agar bunga erisha olsak, bizning darajamiz haqida ko'p narsani bildirardi.

Bizning biroz omadimiz kelmadi deyish mumkin, chunki "Siti" butun mavsumni ajoyib tarzda o'tkazmoqda, lekin biz ham juda yaxshi harakat qilmoqdamiz. Futbolni yaxshi ko'ruvchi barcha insonlar uchun bu poygani kuzatish juda qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman.

Men futbolda erishish mumkin bo'lgan barcha yutuqlarga ega chiqishni xohlayman. Men buning uchun bor kuchimni ishga solaman, chunki faoliyatimni yakunlagach, istaklarim armon bo'lib qolishini xohlamayman".

Sardor Ollamberganov tarjimasi.

Manba: Liverpul.asia
Теглар
  1 
Fikrlar (Umumiy: 2 ta)
05 aug 2019, 01:22
[rasm]https://stadion.uz/images/news/Juergen-Klopp-ochki.jpg[\rasm]
05 aug 2019, 01:21
Onlayn: 8 (0/8)
uzstat.net