Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "Van Deykning jarohati jiddiy emas deb o'ylayman"
01 apr 2019, 15:25
421

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Tottenhem"ga qarshi bo'lib o'tgan APLning 32-tur o'yinidan (2:1) so'ng jarohat olgan jamoa himoyachisi Virjil van Deyk holati haqida gapirdi.

"Virjil raqib qarshi hujum uyushtirganda sodir bo'ldi deb o'ylayman. Hozircha bu shunchaki shikastlanish yoki jarohat deya olmayman. U intervyuga ketayotganida oyog'iga muz boylab qo'yilgan edi. Jarohat jiddiy emas deb umid qilaman" - deydi Klopp.

"Liverpul" 79 ochko bilan APL turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. "Qizillar"ning keyingi bahsda "Sautgempton" mehmoni bo'lishadi. Uchrashuv 5-aprel kuni o'tkaziladi.

Manba: Liverpul rasmiy sayti
  0 
Fikrlar (Umumiy: 0 ta)
Hali hechkim izoh qoldirmadi 1 - bo`l!
Onlayn: 7 (0/7)
uzstat.net