Kirish A`zo bo`lish
Robertson: "Uch ochko uchun oxirigacha kurashdik"
31 mar 2019, 23:21
235

"Liverpul" chap qanot himoyachisi, klub tarixida bir mavsum ichida eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchiga aylangan Endryu Robertson "Tottenhem"ga qarshi (2:1) qiyin g‘alabadan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu biz uchun juda ham muhim natija hisoblanadi. Birinchi bo‘limda biz ularni mag‘lub etayotgandik, ammo ikkinchi golni kirita olmadik. Keyinchalik biz biroz yoyilib ketdik va rostini aytganda "Tottenhem" ikkinchi bo‘limda u qadar qiynalmay o‘ynashni boshladi. Ammo biz ushbu uch ochko uchun so‘nggi soniyalarga qadar kurash olib bordik. Yakuniy xushtak yangraganidan keyin esa natijadan mamnun bo‘ldim", - deya so‘zlarini yakunlaydi shotlandiyalik himoyachi.

Manba: Sky Sports
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net