Kirish A`zo bo`lish
“Liverpul” so'nggi daqiqalarda gol urib, g'alaba qozonish bo'yicha APL rekordchisi
31 mar 2019, 23:12
512

APLning 32-turida “Liverpul” o'z maydonida “Tottenhem” ustidan irodali g'alabaga (2:1) erishdi.

Ushbu o'yinning 89-daqiqasida raqib himoyachisi Tobi Alderveyreldning avtogoli “qizillar”ning muvaffaqiyatiga sababchi bo'ldi. “Liverpul” APL tarixida 89-daqiqadan keyin gol urib, zafar qozonish borasida APL rekordchisi hisoblanadi. Ular chempionatda 33 marta shu taqlid g'alabalarni qo'lga kiritgan.

Mersisaydliklardan keyingi o'rinlarda esa “Arsenal” (25 ta), “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” (ikkalasida 22 tadan), “Chelsi” (21 ta) klublari turibdi.

Manba: Opta
Теглар
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net