Kirish A`zo bo`lish
Yurgen Klopp: "Sizlarga Chemberlen haqida hech narsa aytmayman"
31 mar 2020, 14:17
522

Yozdayoq Aleks Oksleyd-Chemberlen jaroxat sabab, mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgandi.
Dekabr oyidan boshlab Yurgen Klopp Aleksning sog'ayayotgani haqida xabarlarni aytib bordi.
Chemberlen endi jaroxatdan sog'ayib asosiy jamoa bilan shug'ullanishni boshladi, biroq o'rinbosarlar tarkibidagi ilk o'yindayoq u yana jaroxat orttirib oldi va tiklanish jarayonlari yana orqaga ketdi. Bu xabar bir qancha muhlislarning jahlini chiqarib yubordi va bunda Klopp faqat o'zini ayblamoqda:

"Men Chemberlenning qaytishidan judayam xursand edim, aynan shu sabab katta xatoga yo'l qo'ydim. Gap mening Chemberlenning qaytishidan xursand bo'lishimda emas, "Derbi"ga qarshi uchrashuvga e'tibor juda kuchayib ketdi. Bunday holat o'rinbosarlar o'yinlarida kamdan-kam kuzatiladi.
Ishonchim komilki, Aleks ham bu e'tiborni o'zida his qildi. Shuni hisobga olib, endi biz uni biroz soyada saqlaymiz. U bilan hammasi joyida, qachon tayyor bo'lsa, mashg'ulotlarga kirishadi. U qachon maydonga tushadigan bo'lsa, o'zim sizlarga xabar qilaman.

Shungacha, men sizlarga Chemberlen haqida hech narsa aytmayman.

Manba: Liverpool Echo
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 5 ta)
31 mar 2020, 17:22
E Adminlarga katta rahmat!
shu xabarni qanchadan beri kutayotgandim. ChEMBO xudo xoxlasa aprelda qaytadi!
(o‘zi hardoim ertaga falon ish qilaman demasdan ''xudo xoxlasa ertaga qilaman desa insha alloh amalga oshadi''. )
31 mar 2020, 17:21
E Adminlarga katta rahmat!
shu xabarni qanchadan beri kutayotgandim. ChEMBO xudo xoxlasa aprelda qaytadi!
(o‘zi hardoim ertaga falon ish qilaman demasdan ''xudo xoxlasa ertaga qilaman desa insha alloh amalga oshadi''. )
31 mar 2020, 14:44
Xudo xohlasa birinchi o'ringa qaytamiz
31 mar 2020, 14:43
Bugun daxshat o'yin bo'ladi
31 mar 2020, 14:43
Tezroq sog'ayib ket Chembo
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net