Kirish A`zo bo`lish
Harri Uinks: "Jerrardga o‘xshashni istaganman, unga xat yozganman, ammo javob kelmagan"
31 mar 2019, 10:19
376

"Tottenhem" yarim himoyachisi Harri Uinks "Liverpul" afsonasi Stiven Jerrardga havas qilib futbolchi bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.

"Stiven Jerrard men doim o‘xshashni xohlagan futbolchi. Unga hatto xat jo‘natganman, ammo javob kelmagan. Aslida javob bo‘lishini kutmagan ham edim, o‘shanda 6-7 yoshlik paytimda "Liverpul" mashg‘ulot bazasiga xabar jo‘natgandim. Shunday yozgandim: "Men professional futbolchi bo‘lishni istayman, xuddi sen kabi. Sen menga maslahat bera olasanmi? Nima deb o‘ylaysan, nimalar qilishim kerak?"

Albatta, javob kelmaganidan ranjiganim yo‘q. Balki men umuman boshqa manzilga yozgandirman yoki xat pochtada qolib ketgandir. Unga bu haqida aytdimmi? Yo‘q, u bilan hali hech qachon uchrashganim yo‘q",
- deydi Uinks.

Manba: Daily Mail
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net