Kirish A`zo bo`lish
Van der Vart: "Chempionlar ligasida "Liverpul" g'olib bo'ladi"
29 mar 2019, 17:12
389

"Tottenhem" sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart joriy mavsum Chempionlar ligasida kim g'olib bo'lishi mumkinligini aytdi.

[i]"Ba’zida "Tottenhem" o'yinlarini ko'rib, ular Chempionlar ligasida g'olib bo'lish uchun yaxshi imkoniyatga ega deb o'ylab qolaman. Keyin ular kuchsiz jamoalar bilan qiynalishadi. Biroq ularda yuqori saviyali futbolchilar ko'p. Tarkib kuchli bo'lsa, nega transfer amalga oshirish kerak?

Joriy mavsum Chempionlar ligasida kim g'olib bo'ladi? "Tottenhem" bo'ladi deb umid qilaman. Ammo katta ehtimol bilan "Liverpul" g'alaba qozonsa kerak. Ular juda kuchli" - deydi van der Vart.

Ma’lumot uchun "Tottenhem" CHhempionlar ligasi chorak finalida "Manchester Siti", "Liverpul" esa "Portu" bilan o'ynaydi.

Manba: BT Sport
  0 
Onlayn: 5 (0/5)
uzstat.net