Kirish A`zo bo`lish
Maykl Ouen "Liverpul"dan "Real"ga o'tish sababini aytdi
29 mar 2019, 11:43
681

Sobiq futbolchi Maykl Ouen "Liverpul"dan "Real"ga o'tishi sababini aytdi.

"Real" taklifini rad eta olmaslikni tasavvur qila olmayman. Ian Rashni ko'rib o'yladim: "U "Yuventus"ga ketdi va bir yildayoq qaytdi. Bu yaxshiku". Men o'zimni bir-ikki yilda qaytishimga ishontirdim. Bunda Rashni ham ayblayman.

Ajoyib stadion, buyuk futbolchilar o'ynagan Madrid haqida o'yladim. Yangi til, madaniyat, davlat, o'yin uslubi. Men oilamni ilk marta xorijga olib chiqqandim, bu ham men uchun katta tajriba bo'ldi.

Agarda "Real"ga o'tmaganimda hozir: "Meni bir vaqtlar "Real"ga chaqirishgandi, biroq men Zidan, Figu, Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashdan bosh tortganman", deb afsuslanishim mumkin edi", - deydi Ouen.

Keyinchalik, "Real"da muvaffaqqiyat qozonish ilinjida ketgan Ouenning faoliyatida pasayish kuzatilib, bir yildan so'ng Angliyaga qaytgan, "Liverpul" esa Ouen ketgan mavsum Chempionlar Ligasini yutgandi.

Shuningdek, Ouen "Liverpul"ning azaliy raqibi sanaladigan MYuga o'tib, ko'plab "qizillar"ning muxlislari nafratiga sabab bo'lgan.

Manba:
Теглар
  0 
Onlayn: 5 (0/5)
uzstat.net