Kirish A`zo bo`lish
Sadio Mane "Real Madrid"ga o'tadimi?
27 mar 2019, 00:20
762

"Liverpool Echo" jurnalisti Jon Eldrij bu borada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:


Sadio Mane oxirgi vaqtlarda "Real Madrid"ga o'tishi haqida gap so'zlar yuribdi. Biroq, u yaqindagina yangi shartnoma imzoladi.
U hech qayerga ketmaydi.
Albatta, "Real" yoki "Barselona" kabi katta jamoalar tarkibida to'p surish katta sharaf, lekin "Liverpul" hozir ular bilan bemalol raqobat qila oladi.
Hozirgi vaqtda "Liverpul" eng kuchli jamoa va tarkibi "Real Madrid"nikidan kuchliroq.

Albatta, "Real Madrid" juda yaxshi jamoa, ular Yevropaning amaldagi chempioni, ular YeCHL ni hammadan ko'proq yutib olishgan.
Biroq, gap Sadio kabi yaxshi yigit haqida boryapti. U yaqindagina yangi shartnoma imzoladi, uning kelajagi "Enfild"da yaxshiroq kechishini juda yaxshi biladi.
U jamoadan ketishni xohlagan Filippe Koutino, Rahim Sterling va Luis Suarezlarga o'xshaydi deb o'ylamayman.
Bundan tashqari "Liverpul" ham o'z yetakchilarini qo'yib yubormoqchi emas.
Hozirgi "Liverpul" Suarez yoki Sterling jamoani tark etgan paytdagidan ko'ra ancha yuqori darajaga chiqib bo'ldi. Yurgen Klopp ajoyib faoliyat olib bormoqda va bemalol ayta olamizki, "Liverpul" hozir Yevropaning eng kuchli 6 ta jamoasining biri.
O'tgan mavsum ular finalga chiqishgandi, bu mavsum ham chorak finalda ishtirok etishmoqda.
Albatta, "Barselona" va "Yuventus" ham bor, lekin "Liverpul" ulardan hech bir jihatdan qolishmaydi.
Shuning uchun, Sadio Manening "Liverpul"dan ketishi borasida hech qanday gap so'z bo'lishi mumkin emas.

Manba: Liverpool Echo
Теглар
  0 
Onlayn: 8 (0/8)
uzstat.net