Kirish A`zo bo`lish
Hammasini o'zgartirgan inson!
24 mar 2019, 23:16
550

"Eng muhimi meni beg'araz va tinimsiz mehnat qilgan, boshqalardan "Biz Liverpulmiz" deb boshini baland ko'targan holda g'ururlanib ayta olishi bilan ajralib turadigan insonlardan oila yaratgan inson sifatida eslashlarini xohlayman". - Bill Shenkli.

Bir safar 17 yashar iqtidorli o'spirinni ko'rgan Shenkli, juda iqtidorli ekanligini, ammo futbol o'ynash uchun juda ozg'in ekanligini aytadi. U vazn to'plashi kerak edi va murabbiy uni go'shtli steyklar bilan ovqatlantirishni boshlaydi. Chunki, uning sevimli bokschisi Jo Luis doim steyklar bilan ovqatlanardi. Shenkli har kuni o'spirin bilan ko'chadagi steyk sotadigan oshxonaga borishardi. 6 oydan keyin bu foyda berdi. Oradan ancha vaqt o'tgach, ushbu futbolchi murabbiy oldiga kelib uylanmoqchi ekanligini aytadi. Bill o'z yordamchilarini yoniga chaqiradi va : "Qaranglar, biz mahluqni yaratdik" - deb aytagan edi deya eslaydi Ian Sent-Jon.
Kim Shenklini esga olsa, uning yengilmas va bukilmas inson bo'lganligini eslaydi. Bill futbolchilik faoliyatini 35 yoshida yakunlagan, ungacha bir necha oy fizioterapevt va massajchilarga qatnagan. Shenkli faoliyatini yakunlagan "Preston Nord End" klubi futbolchiga endi ularga kerak bo'lmay qolganini aytishadi.
Ushbu klub uchun 16 yil o'ynagan Shenklining jahli chiqadi va murabbiy Billi Skotga o'z futbolkasini tutqazib: "Endi ushbu futbolchining o'zi yuguradi" deydi.
1949-yilning yanvarida Shenkli o'z futbolchilik faoliyatini boshlagan "Karlayl" jamoasidan taklif oladi. Biroq, murabbiy bilan munosabatlar yomonlashganiga qaramay "Preston" futbolchini qo'yib yubormaydi. 1949-yilning 13-martida Shenkli butsalarini mixga iladi va murabbiylik faoliyatini boshlaydi. Birinchi uchrashuvidayoq Kamberlend Kubogiga ega chiqadi. U mag'lubiyatni qabul qilmas edi.


"Agar sen birinchi bo'lsang - sen birinchisan, agar ikkinchi bo'lsang - unda hech kimsan".

Shenkli futbolchilarga juda qattiqqo'l murabbiy bo'lgan. Biroq, ular bilan juda yaxshi munosabat o'rnatgan. Tarkibga kirmay qolgan har bir futbolchiga nima uchun bunday qilganligini birma bir tushuntirib chiqqan. Shuning uchun ham futbolchilar o'zlarini ortiqcha va keraksiz hisoblashmagan. Shenkli har doim muhlislar bilan muloqotlar olib borgan, muhlislarga o'zi tarkib e'lon qilgan, nimani va nima uchun o'zgartirgan hammasini tushuntirib borgan. O'shanda "Karlayl" Angliyaning 3-divizionida harakat qilardi. Ushbu klubdagi eng e'tiborli voqea murabbing "Hayberi" stadioniga "Arsenal" jamoasiga mehmondagi uchrashuvi bo'lgan. Shenkli uchrashuvga oddiygina taktika tanlaydi: "To'p bizda bo'lgan payt, uni Billi Hogan"ga uzating".
"Arsenal" havfli hujumlar uyushtirishni boshlaydi, mehmonlar jamoasi sardori Aleks Makintosh "men o'sha kuni yigirmatadan kam bo'lmagan gol o'tkazib yuborishimiz mumkinligini his qilgandim" deya eslaydi. Biroq, to'p Billi Xoganga kelib tushgan payt, o'yin oldidan tuzilgan taktika ish bera boshlagani ma'lum bo'ladi. Xogan "Arsenal" himoyachilarni dribling evaziga aldab o'tishni boshlaydi. Bu mehmonlarga o'ziga bo'lgan ishonchni paydo qiladi va tarixiy 0:0 hisobidagi durang qayd etiladi. Shundan keyin Shenkli bir qancha mashhur nashrlarda paydo bo'ladi. Biroq, qayta o'yinda 25 ming muhlis ko'z oldida "Arsenal" mehmonda "Karlayl"ni mag'lub qiladi. Keyin jamoa bir qancha muhim ochkolarni yo'qotadi va ikkinchi divizionga chiqa olishmaydi. Shenkli yangi futbolchilar transferi uchun pul so'raydi, ammo rahbariyat rad javobini beradi. O'shanda Shenkli o'z xizmatlarini "Liverpul"ga taklif qiladi, biroq "Liverpul" ham murabbiyni ishga olishni xohlamaydi.

1951-yil "Grimbsi Taun" taklifini qabul qiladi. Har doim sovuq, shamolli va yoqimsiz baliq xidi anqib turardi. Futbolchilar tanaffus paytida sumkalarda baliq olib kelishar va uni esdalik sifatida mehmon jamoa a'zolariga tarqatishardi.
"Grimbsi" o'sha vaqtlari ikkinchi va uchunchi divizion orasida yuradigan jamoa edi. Dastlab, Bill ushbu muammoni hal qilishga kirishadi.

Birinchi mavsum Bill irodali futbol namoyish etadi. Jaroxatlar ko'payib ketadi, hatto o'z yordamchisi Jorj Tvidi ni darvozabonlik qilishiga ham to'g'ri keladi. Natijada mavsum startidayoq mag'lubiyat ketidan mag'lubiyatlar. Biroq, o'sha mavsum "Grimbsi" 11 uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyani qayd qiladi. Biroq, omadsiz start sabab, yana 2-divizionda qolishga majbur bo'ladi. Keyingi mavsum jamoa chempionatni 5-o'rinda yakunlaydi. Shenkli rahbariyatdan transferlar uchun pul so'raydi. Tarkib ancha qari futbolchilardan iborat va mavsum davomida bir xil tempda o'ynay olmasdi. Yana rad javobini olgan Shenkli "Baliqchilar"ni tark etadi.
Yangi joy barchani shokka tushiradi. Bu 3-divizion vakili autsayderi, tashkil topganiga endi ikki yil bo'lgan "Uorkington" klubi edi. Klubning sobiq murabbiyi Ted Sim o'z xohishiga ko'ra jamoani tark etgan edi. Chunki, uning so'zlariga ko'ra yaxshiroq taklif olgandi - qamoqxona qorovulligi. "Uorkington"dagi sharoitlar daxshatli edi. Shenkli sekretar vazifasini bajarishga, telefon qo'ng'iroqlariga javob berishga ham majbur bo'lgandi. Stadionda elektr toki yo'q, o'yinlarga regbi mashg'ulotlarini tomosha qilishga keladigan muhlislardan ham kamroq muhlis tashrif buyurardi. Shenkli jamoani 24 jamoa ichida 20-o'rinda saqlab qoldi va ligadan tushib ketmadi. Yangi mavsumdan stadion 15 mingga yaqin muhlis yig'ishni boshladi. Klub mavsumni ajoyib darajada boshladi. Biroq, bir qancha mag'lubiyatlardan keyin, 8-o'rinda yakunladi. Bill rahbariyatdan jamoani kuchaytirish uchun pul so'radi. 18500 funt ajratishdi. Bu kam bo'lsa, ham bir qancha futbolchilar bilan shartnoma imzolashga yetardi. Yaxshi boshlanishga qaramay jamoa 4-o'rinda mavsumni yakunladi. Keyingi mavsum o'rtalarida "Akkrington"dan 1-5 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin Shenkli tushunib yetdiki, har safar yengilish va ligada qolish uchun kurashish uning joniga tekkan edi. Har kuni tirik qolish uchun kurashishga qiyoslanardi.
U o'zi "Preston"da birga o'ynagan Endi Bitt taklifini qabul qildi va "Haddersfild" murabbiylar shtabiga qo'shildi. O'shanda "Haddersfild" 1-divizionda harakat qilardi.
Shenkli har doim g'ururli va to'g'riso'z inson bo'lgan, o'z so'zlarini aniq aytishdan qo'rqmagan. U "Haddersfild" o'rinsobar tarkibini boshqarishni boshlagan. Bitti asosiy tarkibga o'rinbosarlar tarkibidan kimnidir qo'shib olgan paylarda Shenkli futbolchini " Ko'tarilish muborak" deya kuzatib qo'yardi. Endi Bitti hamma uchun boss, Shenkli bilan do'st edi.

Shenkli yordamchisi Endi Brennan eslashicha:
"Shenkli uyiga mehmonga borgandim, uni ko'chadan kimdir chaqirdi. U oynani ochdi va ko'chada 10 yoshlar chamasi yigitcha turardi.
- Bill o'ynagani chiqasanmi?
- Salom yigitcha, bir daqiqa, Sen hozircha darvozalarni tayyorlab tur. Aytgancha, jaroxating tuzalib qoldimi?

Keyin menga tushuntirishga harakat qildi. O'tgan o'yinda yiqilib tushgandi.

Mavsum oxirida "Haddersfild" 2-divizionga tushib ketdi. Keyingi mavsum o'rtalariga kelib Eddi Bitti iste'foga chiqarildi. O'sha paytda Shenkli boshqarayotgan o'rinbosarlar jamoasi 14 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriya qayd etishayotgandi. Eddi Bitti o'rnini kim egallashi aniq edi. Keyingi ikki mavsum "Haddersfild" uchun juda omadli kelmadi. Dastlab, 12-o'rin, keyingi yili esa 9-o'rin. Lekin, 1958-yil oktabrda "Lids Roud"da "Liverpul"ga qarshi taqdirni o'zgartirgan o'yin bo'lib o'tdi. Shenkli jamoasi 5-daqiqadayoq 10 kishi bo'lib qoldi, biroq u "Liverpul" 5-0 hisobida yengishga halaqit qilmadi. Keyinchalik, Shenkli "Liverpul" ustidan yana g'alaba qozondi va o'yindan keyin "Liverpul"ni "Katta shaharning katta jamoasi" deya atadi. Shundan keyin "Mersisayd" jamoasi Shenklini murabbiylikka taklif qildi.


"Liverpul shahrida ikkita buyuk jamoa bor - "Liverpul" va "Liverpul o'rinbosarlari""

Shenkli kelgan payt "Liverpul" vaziyat qo'rqinchli darajada og'ir edi. Ikkinchi divizion, qarigan, kuchsiz tarkib, achinarli ahvoldagi maydon va faqat ruhiyat. Lekin, tajribali yordamchilar Bob Peysli, Ruben Bennet va Jon Feganlar bor edi. Bill Shenkli ular bilan "Enfild"da birga ishlashini e'lon qiladi. 1960-yilda 1990-yillargacha murabbiylar uchun alohida xona vazifasini bajargan "Butrum" ni joriy qildi, bu esa yordamchilarga tajribalarini oshirish imkonini berdi.
Shenkli birinchi uchrashuvida "Kardiff" jamoasiga 4-0 hisobida mag'lub bo'lgach:
"Biz bir-biriga do'st bo'lishimiz va yordam berishimizni xohlayman. Biz, hammamiz nima qilsak, buning hammasini "Liverpul" futbol klubi uchun qilamiz. Bu bizning kuchimiz bo'ladi. Keyin, ehtimol, kerakli futbolchilarni jamoaga jalb qilishimiz mumkin".

Biroq, muammolar yetarlicha edi - tarkib kerakmas futbolchilar bilan to'lib ketgan edi. Shenkli bir oy ichida tuzib chiqqan 24 futbolchidan iborat tarkib, keyingi yilga qolmay jamoani tark etdi. Bu Shenkli jamoa tizimini yangidan qurishni boshlagan davr edi. Ishonish qiyin, biroq Shenkli "Liverpul" haydalishiga ozgina qolgan vaqtlar ko'p bo'lgan. U doim hech narsani o'zgartirishni xohlamayotgan rahbariyat bilan janjal qilardi. Biroq, Bill yangi era kelayotganini tushinib turgandi. Bu shunday era ediki, kuchlilar yanada kuchliroq, kuchsizlar yanada kuchsizroq bo'ladigan era edi. Yangi murabbiy bilan dastlabki yili "Liverpul" 2-divizionda 3-o'rinni egalladi. Littlewoods kampaniyasi egasi Erik Soyer yordami bilan "Liverpul" bir qancha katta transferlarni amalga oshirdi. Shenkli nihoyat rahbariyatni o'z g'oyalariga, jamoani yangidan tuzishga fikriga ishontirishga erishdi. Dastlabki yirim xaridlar Sent-Jon va Ron Yeyts bo'lishdi.
Keyinchalik, Ron Yeyts eslashicha:
"Meni boshqa jamoaga sotishganlari haqida aytishdi, lekin men ushbu klub haqida deyarli hech narsa bilmasdim. Edinburgdan kelgach, Shenklini uchratdim, lekin men uni "Dandi"ning direktori deb o'yladim. U oldimga keldi. Men undan "Siz "Liverpul"dansizmi?" deb so'radim. U esa: "Qanaqasiga men "Liverpul"danman, biz ikkimiz ham "Liverpul" danmiz deya javob berdi.
"Shoshmay turing, men sizlarni 2-divizionda deb o'ylagandim" deb so'radim men.
-" Yo'q, keyingi mavsum biz birinchi o'rin bo'lamiz" deb javob berdi Shenkli.
Men bu insonga qanday ishonmasligim mumkin, u klubga, birorta o'yinimni ko'rmay menga ishonch bildirayotgandi".

Keyingi yil "Liverpul" yana 2-divizionda 3-o'rinni egalladi. 1961-62 yilgi mavsum esa chempionlikka erishib, 1-divizionga yo'l oldi. 1962-63 yilgi mavsumda "Liverpul" 1-divizionda chempionatni 8-o'rinda yakunladi. Keyingi yili 1963-64 yilgi mavsum esa chempionlikni qo'lga kiritdi.
Shenkli faqat menejment yo'nalishida emas, murabbiy sifatida ham o'ziga xos ish uslubiga ega edi. Mashg'ulotlar paytida dastlab bitta murabbiy qiziqishib olish uchun yengil mashg'ulotlar o'tkazar, keyin esa jamoa A, B, C, D, E kabi guruhlarga bo'linar va ularning har biriga alohida murabbiy tayinlanardi. Har bir guruh alohida mashg'ulotlar o'tkazishardi: A guruhi jismoniy mashqlar, B guruhi sakrash mashqlari, C guruhi yugurish mashqlari, D guruhi o'tirib-turish va hakozo. Shenkli o'z jamoasi bilan mashg'ulotlarni 2 daqiqadan iborat qilib bo'lib chiqqan edi. Uning mashg'ulotlari 15-17 daqiqagina davom etardi. 2 daqiqa mashg'ulot yarim daqiqa dam olish. Hamma mashg'ulotlar 5 kishidan iborat jamoalar orasidagi o'yinlar bilan yakun topardi. Jamoa jismoniy jihatdan juda kuchli tayyorgarlikka ega edi.
1965-66 yilda "Liverpul" chempionlikni qo'lga kiritgan, Shenkli esa bor yo'g'i 14 futbolchi xizmatlaridan foydalangan edi! Ulardan 2 tasi esa bir nechagina o'yinda qatnashgan edi.
Murabbiylar ruhshunos vazifasini ham bajarishardi. Billning o'zi esa barcha o'yinchilarni diqqat bilan kuzatib borar, u kim bilan qanday muomala qilishni juda yaxshi bilardi. U o'yinchilarni kuchli va kuchsiz jihatlarini juda yaxshi bilardi. Murabbiylar shtabi futbolchilarning kuchli jihatlari va kamchiliklari haqid

a gaplashishardi. 1964-yil "Liverpul" yevrokuboklarga qaytdi. Yarim finalgacha yetib borgan jamoa "Inter"ga mag'lub bo'ldi. Chorak finalda "Anderlext" mag'lubiyatga uchratildi. Dastlabki uchrashuvdan oldin, Shenkli 2:2 hisobida yakunlangan Angliya va Belgiya uchrashuviga tashrif buyurdi.
"Biz ularni qanday mag'lub qilishimiz mumkin, Ishonchim komilki, durangga qaramasdan, Angliyani omadi keldi" - deya Belgiyaliklar o'yinidan hayron qolgandi Shenkli.

Bir necha kun o'tgan Belgiya jamoasini "Liverpul" bilan umumiy hisobda 4-0 hisobida mag'lub qildi.

"Liverpul" 1965-yilgacha Angliya Kubogini qo'lga kirita olmagandi. Bu fakt muhlislarning qayg'uga solardi. Shenkli uzoq kutilgan sovrinni boshi uzra ko'targan payt xursandchilik osmonga yetardi: yomg'ir qattiq quyar, katta yoshlik muhlislar o'zlarini ko'z yoshlardan tiya olmasdi, muhlislar esa "Xudoyim, jamoani o'zing asra" qo'shig'ini kuylashardi.
1960-yillar o'rtalarida "Liverpul" o'zining ilk kubogini qo'lga kiritganda shaharda bayram uyushtirildi. Butun dunyoga mashhur "Bitlz" guruhi va boshqa pop-guruhlar tashrif buyurdi. Ular birgalikda hozir dunyoga mashhur bo'lgan qo'shiq "You will never walk alone" ni kuylashardi. Shenkli keyinchalik, bu kecha uning hayotida eng yaxshi bo'lganini aytib o'tgan edi. G'alaba golini tez tez tabloga o'z nomini yozdirib turadigan Sent-Jon urgan edi.

1966-yil "Liverp" Kubok egalari kubogi finaligacha yetib bordi. Bu yo'lda "Yuventus", "Standart", "Gonved" va "Seltik" mag'lub etildi. Jamoa finalda "Borussiya Dordmund"ga 1:2 hisobida mag'lubiyat uchradi. "Liverpul" yevrokuboklardagi g'alabani yana kutishiga to'g'ri keldi. Keyingi yili jamoa yana diqqat e'tiborini yevrokuboklarga qaratdi. Birinchi bosqichda "Petropul" mag'lub etildi. Keyingi bosqichda "Ayaks" bilan qiyin uchrashuvlar o'tkazildi. Qiyinligi shunda ediki, Amsterdamdagi uchrashuv kuchli tuman sababli qoldirilishi kerak edi. UEFA esa uchrashuvni o'tkazishga qaror qildi. 1-5 hisobidagi mag'lubiyat. Javob uchrashuvida "Enfild"da 2-2 hisobi qayd etildi.
Ronni Yeyts, Sent-Jon, Tommi Smit, Kris Louler, Piter Tompson, Ian Kellaxan, Rojer Xant kabi "Liverpul" ning dastlabki jamoasi asosiy o'yinchilarini Shenkli almashtirish kerak degan qarorga keldi. Liga Kubogidagi "Uotford" dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Shenkli jamoani kuboklarga chanqoq emas deb hisobladi. O'sha paytdagi tarkib bir necha bor chempionatda g'olib bo'lgan, kuboklarni qo'lga kiritgan, Yevrokuboklarda ishtirok etgan edi. Shenkli bir necha yetakchilarni jamoadan ketkazib yubordi. Shenklining asosiy g'oyasi pastki diviziondan futbolchilar xarid qilish, o'rinbosarlar tarkibidan futbolchilarni asosiy tarkibga o'tkazdi. Shenkli shu tariqa asosiy yulduz Kevin Kigan bo'lgan yangi "Liverpul"ni yaratdi.

Kevin Kiganni Shenkliga eski "Haddersfild"da birga ishlagan do'sti Endi Bitti taklif qilgan edi. Keyinchalik Bitti "Liverpul" bosh skauti etib tayinlandi. 1971-yilning Liga Kubogi finali oldidan Kevin "Skantrop" dan 35000 ming funtga sotib olindi. Uning oyligi eski klubiga nisbatan ancha oshdi. Lekin, Shenkli o'sha paytda hozirgi futbolchilarga o'rnak bo'lishi mumkin bo'lgan so'zlarni aytgandi:
"Oylik - bu eng muhimi emas, o'g'lim. Agar men katta klubga o'tish imkoni bo'lgandi, men albatta o'tgan va o'zimni bor iqtidorimni ko'rsatgan, keyin esa "endi menga qancha to'laysizlar" deb so'ragan bo'lardim".
Shenks tushungandiki, Kevin sprintlarda ham, sakrashda ham, 5 lik jamoa o'yinlarida ham birinchi bo'lishni xohlardi. Bir safar Kevin mashg'ulotlarda kamdan kam kuzatiladigan holat yani 7 ta gol urgandi. Kevin jamoa safida 1971-72 yilgi mavsumda debyut qildi va gol urishga muvaffaq bo'ldi. Lekin, mavsum davomida u oyog'idagi og'riqdan shikoyat qilishni boshladi. Shenkli sababini aniqlashni buyurdi. Sababi esa Kevin mashinasi pedallari qattiq bosilishida ekan. Kevin mashinasini almashtirishga va bir qancha vaqt taksida yurishiga to'g'ri keldi. Shenkli Kevin Kigan eng yaxshi futbolchisi sifatida xotirlagan. U 4-divizion jamoasidan kelgandi.
Shenkli 1972-73 yilgi mavsumdan faoliyatida uchinchi bor chempionlikni qo'lga kiritdi va "Arsenal" rekordi takrorlandi. Endi "Liverpul" hisobida ham 8 ta chempionlik bor edi. Ushbu yili jamka UEFA kubogida g'olib bo'ldi!

Bill ning qayf qilishicha "Liverpul" doim ruhiy jihatdan kuchli jamoa bo'lgan. Aynan o'sha davrlarda stadionga chiqish eshigi oldiga "This Is Anfield" so'zlari yozilgan taxtacha osiladi. Bundan maqsad bu yerga kelgan jamoalarga ruhiy jihatdan bosim o'tkazish, o'z jamoasiga esa kuchli ruhiy dalda berish edi. Bill juda aqlli ruhshunos edi. UEFA kubogi finali oldidan kuchli yomg'ir yog'gan futbol o'ynash deyarli imkonsiz edi. Hakam o'yinni to'xtadi va agar yomg'ir tinmasa uchrashuv qoldirilishini ma'lum qiladi. Yomg'ir tinadi, lekin Shenkli hakamdan maydonga tushib to'pni harakatlantirib ko'rishni so'raydi. To'p juda qiyin harakatlanardi. Shenkli uchrashuvni qoldirishni so'raydi. Uchrashuv qoldiriladi. Takroriy o'yinda "Liverpul", Myunxenglazdbuxning "Borussiya"si ustidan 3-0 hisobida g'alaba qozonadi. Kevin Kigan dubl qayd etadi.
O'zining so'nggi mavsumida Shenkli chempionlikni qo'lga kirita olmaydi, lekin ikkinchi bor Liga Kubogida g'olib chiqadi. Keyin Shenkli o'zi charchaganligi his qiladi. Lekin ishonchi komil ediki, u keyingi yil bemalol chempionlikni qo'lga kirita olar, "Liverpul" bilan trebl qayd qila olardi. Biroq, u oxirgi 40 yilda doim ikkinchi o'rinda bo'lib kelgan oilasiga e'tibor qaratishga qaror qildi.

O'zining "Mening tarixim" nomli kitobida Shenkli bu holatni juda aniq tushuntirib bergandi. 1974-yil 12-iyul kuni matbuoot anjumanida Shenkli jamoadan ketayotganini e'lon qildi.

U "Liverpul" juda kuchli jamoa bo'lib turgan paytda, yangi tizim qurdi, jamoa bilan sovrinlarni qo'lga kiritdi, uni hayotga qaytardi, "Liverpul"ni "qizillar"ga aylantirdi. Uning murabbiylar yo'li aqlbovar qilmas darajada buyuk.
Shenkli keyinchalik ham Melvudga ko'p bor tashrif buyurdi. O'yinlarni, mashg'ulotlarni kuzatib bordi, har doim klub bilan aloqada bo'lib turdi. Muhlislar undan doim minnatdor edi. Stadion atrofida unga haykal qo'yishdi. Shenkli xotirasiga bag'ishlab, shashhur darvoza tepasiga "You will never walk alone" yozuvi yozildi. Bill Shinkli "Liverpul" ga tegishli barcha insonlar xotirasida abadiy qoladi.
Bill Shenkli - futbolni o'zgartirgan inson!

Sardor Ollamberganov tarjimasi.

Manba: Liverpul.asia
Теглар
  2 
Onlayn: 12 (0/12)
uzstat.net