Kirish A`zo bo`lish
"FIFA - Futbol ichida, futbol atrofida" (1-son)
24 mar 2019, 19:47
512

Qadrli saytimiz a’zolari Liverpul.uz saytida endilikda millionlar o‘yiniga oid eng qiziqarli ma’lumotlar bilan ham tanishib borishingiz mumkin. Buning uchun siz "FIFA - Futbol ichida, futbol atrofida" nomli maqolamizni kuzatib borishingiz kifoya. Bu orqali futbolga oid qiziqarli suratlar, faktlar, tarixiy suratlar va g‘aroyib lavhalarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Demak, biz birinchi sonimizni boshladik.

Agar siz futbol o‘ynashni chindan sevsangiz, har qanday sharoitda ham uni o‘ynashga tayyor bo‘lasiz, faqatgina chindan sevsangiz!



Turkiyaning "Bursaspor" jamoasi stadioni tungi paytda mana shunday ko‘rinishda jilovlanadi



"Real Madrid" safida o‘ynab "Oltin to‘p"ga sazovor bo‘lgan barcha futbolchilar



Aka-uka Azarlar bolalik chog‘larida



Deyarli barchamiz bunday zarbani qabul qilib olganmiz-a?



"Sautgempton" orqali yetakchi klublar safiga borib qo‘shilgan futbolchilar



Avvalgi davr, avvalgi davrda. Menimcha, bu butsani hozirgilarga almashmagan bo‘lardingiz...



1913-yilda "aristokratlar" arenasi "Stemford Brij" mana shu ko‘rinishda uchrashuvlarni qabul qilgan.



Yurgen Klopp "Liverpul"ga kelishidan avval kashf etgan ajoyib jamoa



Pele va Kilian Mbappe futbol tarixida 21 yoshga yetmay turib Jahon Chempionati finallarida gol urgan yagona futbolchilardir



Ayollar futboli yulduzi - Aleks Morgan!



Ba’zi futbol ishqibozlari geografiya fanini mana shu tariqa o‘qiydi



"Hoffenhaym" klubining mashg‘ulot bazasiga o‘rnatilgan ulkan monitor. Bu monitor ko‘rib turganingizdek o‘yin o‘ynash uchun o‘rnatilmagan. Jamoa ustozi Yulian Nagelsman futbolchilarning harakatlarini tasvirga tushirib, keyin aynan shu ekranda ularning xatolarini ko‘rsatib beradi. Original g‘oya, shunday emasmi?



London shahriga tegishli professional jamoalar



Manba: Liverpul.asia
Теглар
  1 
Onlayn: 7 (0/7)
uzstat.net