Kirish A`zo bo`lish
Liverpool Echo: "Dibala va De Ligtga bo‘lgan qiziqishlar asossiz"
22 mar 2019, 14:55
818

Liverpool Echo nashrining xabariga qaraganda, kelayotgan yozgi transfer oynasida "Liverpul" katta xaridlarni amalga oshirmoqchi emas.

Avvalroq, klub tomonidan "Yuventus" vingeri Paulo Dibala qiziqish bo‘layotgani, hattoki unga aynan Yurgen Kloppning o‘zi qiziqqanligini yozib chiqishgan edi. Biroq bu futbolchi uchu taxminan 100 million yevro atrofida xarajat ketadi. Klub esa bu kabi katta transferlarga tayyor emas.

Shuningdek, OAVda "Ayaks"ning 19 yoshli sardori Matteys De Ligtga ham "qizillar"ning ko‘z tikayotgani aytilgandi. Himoyachining o‘zi ham "Liverpul"dan taklif bo‘lsa uni ko‘rib chiqishga tayyorligini oshkor qilgandi.

Ammo Liverpool Echo ushbu xabarni ham ishonchsiz deya baholaydi. Boisi, Yurgen Klopp hozirgi qo‘l ostidagi jamoadan ko‘ngli to‘lmoqda va u qadar katta xaridlarga murojaat etishni o‘ylamayapti.

Manba: Liverpul.asia
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net