Kirish A`zo bo`lish
Virjil van Deyk terma jamoadagi yubiley o‘yinini o‘tkazdi
22 mar 2019, 09:12
355

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk kecha Gollandiya terma jamoasi safisa Belorussiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bahsda "lolalar" 4:0 hisobida zafar quchishdi.

Ushbu bahs Virjil uchun ahamiyatli bo‘ldi. Ya’ni, u Gollandiya tarkibidagi o‘zining 25-uchrashuvini o‘tkazdi va bahsdan keyin maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Van Deyk yubiley o‘yinida gol kirita olishning uddasidan chiqdi. Shu tariqa uning terma jamoadagi gollari soni 4 taga yetdi. Ayni damda van Deyk Gollandiyaning birinchi raqamli sardori hisoblanadi.

Manba: Liverpul.asia
  0 
Onlayn: 1 (0/1)
uzstat.net