Kirish A`zo bo`lish
Moreno "Latsio"ga o‘tishga yaqin
21 mar 2019, 11:04
337

"Liverpul" himoyachisi Alberto Moreno yozgi transfer oynasidan Rim klubi "Latsio" a’zosiga aylanishi mumkin.

Bu tobora oydinlashib bormoqda. Zahirada qolib ketayotgan futbolchi jamoadan ketishga qaror qilgan. “Latsio” esa futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun harakatlarni boshlab yuborgan. 26 yoshli ispaniyalik chap qanot himoyachisi 2014-yil “Sevilya”dan sotib olgandi. O'shanda “qizillar” uning uchun 18 mln. yevro to'lagan.

Joriy mavsum Moreno jamoasi safida atigi 5 ta o'yinda maydonga tushdi. APL doirasida esa atigi 2 marta o‘ynash imkoniga ega bo‘ldi.

Manba: Liverpul.asia
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net