Kirish A`zo bo`lish
Karius "Liverpul"ga qaytmoqchi
20 mar 2020, 21:16
353

Ijara asosida "Beshiktosh" sharafini himoya qilayotgan "Liverpul" posboni Loris Karius turk klubini tark etmoqchi.

Malumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi mersisaydliklar rahbariyatiga murojaat qilib, ijarani bekor qilishni so'radi. Germaniyaning ikki klubi - "Aytnraxt" va "Fortuna" darvozabonni o'z safida ko'rmoqchi.

Oldinroq, Karius 4 oydan beri "Beshiktosh"da maosh olmayotgani, turk klubi futbolchidan 1 mln. yevro qarz ekanligi e'lon qilingan edi.

Karius joriy mavsum oldidan ijara asosida 2 yilga "Beshiktosh"ga o'tgan edi. Joriy mavsum posbon Turkiya Superligasida 22ta uchrashuvda maydonga tushib, 27ta gol o'tkazib yubordi.

Manba: Liverpul.asia
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 4 ta)
24 mar 2020, 07:40
Статистикани каранглар 22 уйин 27 та гол????
21 mar 2020, 02:15
Dirka
20 mar 2020, 23:46
Qaytma Kema cherez otip ket boshqA klubga ijaraga
20 mar 2020, 23:25
Omadi kemayaptide shu bolani
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net