Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" tez orada Dibala bo'yicha kelishuvga erishishi mumkin
20 mar 2019, 16:47
686

Italiyaning bir qancha nashrlarining ma'lum qilishicha, "Liverpul" tez orada "Yuventus" bilan Paulo Dibalani sotib olish borasida kelishuvga erishishi mumkin.

Yurgen Klopp jamoa hujumiga yana bitta futbolchi qo'shishni istayotgani barchaga ma'lum, shuning uchun "qizillar" Dibala transferiga astoydil kirishishmoqda. "Yuventus" argentinalik futbolchisiga qancha talab qilishi hozircha noma'lum, ammo bu pul 100 million atrofida bo'lishi haqiqatga yaqin.

Dibalaning bu mavsumdagi o'yinlarida pasayish va ko'p zahirada qolib ketishi uni boshqa jamoaga o'tishiga sababchi bo'lishi ham mumkin. U joriy mavsum 35 o'yinda 9 ta gol urdi xolos.

Manba: Liverpul.asia
Теглар
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net