Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" ishqibozlari klubdan "Lester" futbolchisini sotib olishni talab qilishmoqda
20 mar 2019, 12:36
700

Ayni damda Yurgen Klopp qo‘l ostidagi "Liverpul" APL chempionligi uchun "Manchester Siti" bilan kurash olib borayotganiga qaramay, "mersisaydlik" bir qator muxlislar jamoaning yozgi transfer oynasidagi rejalarini belgilab bermoqda.

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida "Liverpul"ning rasmiy sahifasiga ko‘plab ishqibozlar "Lester"dan 22 yoshli pleymeyker Jeyms Meddisonning xaridini so‘rab murojaat qilishmoqda.

Angliyalik mazkur yarim himoyachi o‘tgan mavsum Chempionshipda ajoyib mavsum o‘tkazdi. O‘shanda u "Norvich" safida 44 o‘yin o‘tkazib, 14 marta gol urgan va 8 marta assistentlik qilgandi.

Shundan so‘ng joriy mavsum oldidan APLda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan "Lester Siti" Meddisonni 20 mln. funtga sotib oldi. Jeyms APLda ham yo‘qolib qolgani yo‘q. U hozirga qadar Premier-ligada 6 bor raqiblar darvozasini aniq mo‘ljalga olgan va yana shuncha marta sheriklarining gollariga hammualliflik qilgan. Uning yaqinda "Byornli"ga jarima zarbasidan kiritgan golidan so‘ng "qizillar" muxlislari jiddiy ravishda mazkur futbolchiga e’tibor berilishi lozimligi ayta boshlashdi. Aynan Meddison Klopp jamoasida pleymeyker joyidagi muammolarga yechim topa oladi.

Biroq transferni so‘rayotganlarga qarshi fikr bildirayotganlar ham yo‘q emas. Ularning fikricha, Meddison "Lester"dek o‘rtamiyona jamoalarda o‘zini ko‘rsatadi, "Liverpul"ga kelib esa zahirada qolib ketadi. Yana ayrimlar esa uning juda qimmatligini ro‘kach qilgan holda e’tiborni boshqa futbolchiga qaratish kerakligini ta’kidlashmoqda.

Manba: Liverpul.asia
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net