Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" braziliyalik "vunderkind" uchun 60 mln. funt to‘lamoqchi
20 mar 2020, 12:09
853

"Liverpul" "Flamengo"ning yosh yarim himoyachisi Raynar Jezus uchun "PSJ" va "Real Madrid" o‘rtasidagi raqobatga qo‘shildi. Bu haqda xorij nashrlari xabar tarqatdi.

Mazkur futbolchi Braziliya klubining asosiy tarkibdagi futbolchisi hisoblanmasada, unga bir qator Yevropa grandlari ko‘z tikmoqda.

"Qizillar" jamoasi Jezus uchun harakatni boshlab yuborgan va uning taraflari bilan aloqani boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, "Liverpul" 17 yoshli pleymeyker uchun 60 million funt sterling to‘lashga tayyorligi ma’lum qilgan.

2018-yilning aprelida "Flamengo" prezidenti Kleber Leyte 2002-yil tavallud topgan Jezusning oilasi hamda "mersisaydliklar" jamoasi o‘zaro muzokara o‘tkazayotganini oshkor qilgandi.

Shu o‘rinda qo‘shimcha qilish zarur, Raynarning shartnomasidagi tovon puli 63 million funt sterlingga teng. Aynan shuncha pul to‘lagan klub uni xarid qilishi mumkin bo‘ladi.

Manba: Liverpul.asia
  0 
Fikrlar (Umumiy: 12 ta)
20 mar 2020, 23:56
#12, Mahmudov
Олиш керак Бразилядан доим зор футболчилар етишиб чиккан
20 mar 2020, 18:45
#11, gabigol
небылвэнфилде,
balkim yozda 18 ga tolar
20 mar 2020, 18:44
#10, gabigol
hatyabi birni pulini wu wu qariya oyinchilardan chiqarib bila olsa
20 mar 2020, 18:43
yoki bizdagi qariya hujumchi va yarim himoyachilar sotilsa olsak boladi
20 mar 2020, 18:42
birdan ikkalasini ola bilmasak kerak
20 mar 2020, 18:42
Dibala maqul variyant
20 mar 2020, 18:42
bir Dibala
20 mar 2020, 18:41
qaysi biriga iwoniwni ham bilmaysan bir bu bola
20 mar 2020, 13:20
18 га тулмаса ололмайди хеч ким
20 mar 2020, 13:06
Texnikasi kuchli bo‘sa kere
20 mar 2020, 12:27
Braziliyaliklar kere shunaqa vunderkind
20 mar 2020, 12:25
Oxooo
Onlayn: 5 (0/5)
uzstat.net