Kirish A`zo bo`lish
Van Deyk: "Salah tez orada yana gollar kirita boshlaydi"
19 mar 2019, 21:19
290

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk klubdoshi Muhammad Salahning golsiz ketayotgan seriyasiga barham berilishiga va u yana ketma-ket raqiblarini ranjita boshlashiga ishonishini ta’kidladi.

Misrlik futbolchi ketma-ket yetti uchrashuvdan beri raqiblari darvozasiga yo‘l topa olmayapti, ammo shunga qaramay Salah joriy mavsumda 41 o‘yinda 20 marta gol kiritishning uddasidan chiqdi.

Ayni damda Salahga "Liverpul"dagi gollari sonini 50 taga yetkazib olish uchun bir dona gol yetmayapti. Gollandiyalik himoyachi esa bundan havotirga tushmayotganini va tez orada Salahning yana gollar urishiga umid qilayotganini aytdi.

"Mo - dunyo darajasidagi futbolchi! Odamlar nima desa, deyishi mumkin, lekin o‘ylashimcha, Premier-ligadagi har bir jamoa o‘z tarkibida Salah bo‘lishini istagan bo‘lardi.

Biroq u biz bilan va menimcha, Salah juda yaxshi ishlamoqda. U gol urishni boshlaydi. Balki hujumchilar bundan havotirga tushishlari mumkindir, ammo biz doimo unga shunday deymiz: "shunchaki mehnat qilishda davom et va hammasi joyida bo‘ladi".

U hali ham ko‘plab gollar kiritmoqda. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, Muhammadning gollari soni menikidan ko‘p", -
deya hazil tariqasida so‘zini yakunladi Virjil.

Manba: Liverpul.asia
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net