Kirish A`zo bo`lish
Fabinyo: "Liverpul"ga o'tishimda Firminoning ahamiyati muhim bo‘lgan"
18 mar 2019, 19:03
376

"Liverpul" tayanch yarim himoyachisi Fabinyo Tavares mazkur jamoaga o‘tish chog‘ida hamyurti va klubdoshi Roberto Firminoning maslahatlariga amal qilganligini aytib o‘tdi.

"Liverpul"ga ko‘chib o'tish oldidan Bobbi bilan klub, shahar va tumanlar hamda qayerda yaxshi yashash mumkinligi haqida suhbatlashganman. Yangi jamoaga o'tayotganingda sen bilan hamyurting bo'lishi juda maroqli, bu transferda do'stligimiz muhim ahamiyat kasb etdi" - deydi Fabinyo.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, "qizillar" 45 mln. yevro evaziga Fabinyoni "Monako"dan sotib olgan. Ushbu mavsum 25 yoshli yarim himoyachi APLning 22ta uchrashuvida ishtirok etib, 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

Manba: Liverpul.asia
  1 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net