Kirish A`zo bo`lish
APL grandlari “Benfika”ning yosh futbolchisiga qiziqmoqda
18 mar 2019, 00:50
506

"Benfika”ning 19 yoshli futbolchisi Joau Filipe (Jota) APL grandlari nigohiga tushgan.
Qayd etilishicha, hujumchiga “Liverpul”, “Tottenxem” hamda “Arsenal” jamoalari qiziqmoqda.

Lissabon jamoasi Jotaning narxini 30 mln yevro atrofida baholamoqda. Portugaliya yoshlar terma jamoasi a'zosi bo'lgan hujumchi ikkala qanotda ham yaxshi o'ynay olishi grandlar e'tiborini tortgan. SHuningdek, u markaziy hujumchi sifatida ham harakat qiladi.

Joau Filipe o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Portugaliya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deya e'tirof etilgandi.

Manba: Liverpul.asia
  0 
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net