Kirish A`zo bo`lish
Van Deyk: "O‘zimni oqlamoqchi emasman"
17 mar 2019, 21:53
455

Biroz avval "Liverpul" safarda "Fulhem"ni (2:1) mag‘lubiyatga uchratdi.

Mazkur uchrashuvda Virjil van Deyk va Alisson Bekerning tushunmovchiligi sabab sobiq "mersisaydlik" futbolchi Rayan Babel "qizillar" darvozasini ishg‘ol etdi. Ushbu holatda van Deyk barcha aybni o‘z bo‘yniga oldi.

"Men o‘zimni oqlamayman. Bu vaziyatda yaxshiroq fikrlashim kerak edi. Ular gol urishdi, ammo biz ham urdik, 3 ochko qo‘lga kiritdik va turnir yuqori o‘rniga qaytdik.

Bizga qiyin bo‘lishini bilardik. O‘zimizga o‘zimiz muammolar yaratdik, to‘p bilan bemalol muomalada bo‘lish imkonini eplay olmadik. Ammo baribir uch ochkoga ega chiqa oldik va endi esa bemalol e’tiborimizni terma jamoa o‘yinlariga qaratsak bo‘ladi", -
deydi van Deyk.

Manba: Liverpul.asia
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net