Kirish A`zo bo`lish
"Fulhem" - "Liverpul" o'yini atrofidagi qiziqarli ma'lumotlar
17 mar 2019, 13:15
297

Angliya premer-ligasi 31-tur doirasida “Liverpul” safarda “Fulhem”ga qarshi bahs olib boradi. E’tiboringizga ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarga bog'liq ayrim ma'lumotlarni taqdim etamiz.

O’zaro o’yinlar

“Fulhem” va “Liverpul” barcha davr va musobaqalarni hisobga olganda jami 32 marta o’zaro to’qnash kelgan. 7 o’yinda “Fulhem” g’alaba qozongan bo’lsa, 20 uchrashuvda  “Liverpul”ning qo’li baland kelgan. Yana 5 uchrashuvda jamoalar durangga rozi bo’lishgan. Jami o’yinlarda darvozalar 88 marta ishg’ol etilgan. 27 marta londonliklar “Liverpul” darvozasini aniq nishonga olgan. “Liverpul” futbolchilari esa 61 bor “Fulhem” darvozabonlarini ranjitgan.

Luis Suares, Daniel Starrij va Stiven Jerrard “Fulhem”ga qarshi o’yinlarda eng ko’p gol urgan futbolchilar hisoblanishadi. Ularning barchasida 4 tadan gol mavjud. Shuningdek, Maksi Rodriges hisobida 3 gol bor.

Statistika

▪️“Fulhem”ning joriy mavsum o’z maydonidagi o’yinlarda qayd etgan natijalari:

O’yin: 14
G’alaba: 4
Durang: 3
Mag’lubyat: 7

▪️“Liverpul”ning joriy mavsum safardagi o’yinlarda qayd etgan natijalari:

O’yin: 15
G’alaba: 9
Durang: 5
Mag’lubiyat: 1

Qiziqarli ma’lumotlar

▪️“Fulhem” va “Liverpul” o’rtasidagi dastlabki o’yin 1964/1965 mavsumda bo’lib o’tgan. Uchrashuv (1:1) hisobida yakunlangan.

▪️Angliya premer-ligasi doirasidagi uchrashuvlarda hali “Fulhem” maydonida biror marta durang qayd etilmagan. “Fulhem” 5 o’yinda, “Liverpul” 8 uchrashuvda g’alaba qozongan.  

Manba: Liverpul.asia
Теглар
  6 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net