Kirish A`zo bo`lish
Gari Nevill: ''Liverpul'' 18 oydan beri chempionlarga xos futbol o‘ynamoqda''
12 noy 2020, 14:49
129

''Manchester Yunayted''ning sobiq himoyachisi Gari Nevill ''Liverpul''ning bu mavsumda Premer-ligada g‘olib bo‘lish imkoniyatlari haqida gapirdi.

''Liverpul'' so‘nggi 18 oy davomida chempionlarga xos futbol o‘ynamoqda. Ha, ular hozirgi ustunlikni boy berib qo‘yishlari ham mumkin. ''Siti'' qaytishi mumkin, ''Chelsi'' yoki ''Lester'' kutilmagan hodisa yaratishi mumkin, ammo bu imkoniyatlar borgan sari kamayib bormoqda.

''Liverpul'' uchun eng katta xavf – Chempionlar Ligasiga chalg‘ib qolishi yoki Mane, Saloh, van Deyk kabi futbolchilarning jarohat olishi. Agar ular ''Siti'' kabi 1 oy ichida ikkita o‘yinchini yo‘qotishsa, bu katta muammo bo‘ladi.

Qolgan hamma narsa ''Liverpul'' favorit ekanligidan dalolat beradi''
, – deb Nevillning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Ma’lumot uchun, ''Liverpul'' APLning 12-turidan so‘ng 34 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi, 2-o‘rindagi ''Lester'' bilan o‘rtadagi farq 8 ochkoni tashkil qilmoqda.

Manba:
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 1 ta)
15 noy 2020, 14:56
Omad yor bo'lsin Liverpoolga.
Onlayn: 2 (0/2)
uzstat.net