Kirish A`zo bo`lish
Pep Gvardiola "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi
10 noy 2020, 17:17
94

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 12-turi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tashqaridagi odamlar, matbuotdagilar bizni supermenlar deb aytishadi, ammo unday emas. Men jamoani hech qachon bunday tasavvur qilmaganman.

Albatta, raqib bizdan 6 ochkoga oldinlab ketgan, ajoyib mavsumni o'tkazayotgan jamoa. Biroq biz "Enfild"ga mag'lubiyatni o'ylamasdan boryapmiz.

Menda hech qachon bunday hissiyot bo'lmagan. Har doim yuqori natijalar va alohida yutuqlar borasida o'ylayman. Bizda g'alaba uchun imkoniyatlar yetarlicha bo'ladi.

G'alaba uchun doimo yuqori sifatli o'yin ko'rsatish kerak. Kichik detallargacha e'tibor berib, g'alabaga ishonch bilan odimlash lozim. Futbolchilarga doimo ilk navbatda ruhiy holat borasida gapiraman. Ikkinchi jihat esa taktikaga qaratiladi.

Statistikalarga katta e'tibor bermayman. Biroq u "Enfild"da g'alabaga erishish qanchalar qiyin ekanligini ko'rsatadi. Ha, rostdan ham katta stadionlarda mehmon bo'lib o'ynash oson emas.

"Liverpul" - yaxshi jamoa. Barcha shuni biladi va men ham faqatgina shuni ayta olaman", - dedi Gvardiola.

Manba: CA
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 1 ta)
10 noy 2020, 18:43
9 ochko bo'ladi xudo xoxlasa bugun oradagi farq
Onlayn: 1 (0/1)
uzstat.net