Kirish A`zo bo`lish
Pep Gvardiola: "Liverpul" – ayni vaqtda sayyoramizning eng kuchli jamoasi"
09 noy 2019, 05:04
25

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
– Ayni vaqtda "Liverpul" sayyoramizning eng kuchli jamoasi. Bizni 90 daqiqalik o'yin kutmoqda va rejaga amal qilgan holda harakat qilamiz.



– Klopp haqida nima deya olasiz?

– U "Borussiya"da bu ishni bajardi va bu yerda ham uning jamoaga qanday tasir qilganini tahlil qilish oson. Jamoani qabul qilib olgan paytida, chempionlik uchun davo qilmadi, 3-4 yildan so'ng esa ajoyib jamoa qurdi.



– "Manchester Siti" imkoniyatni boy bersa, chempionlik uchun poyga yakuniga yetadimi?

– Bilmayman, oldin ko'plab o'yinlar bor. Biz oldimizda turgan barcha o'yinlarda oxirigacha kurashishni istaymiz, deydi Gvardiola.

Manba: CA
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 1 ta)
09 noy 2019, 07:07
#1, KENT
Primer liga oxirgacha davom etadi
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net