Kirish A`zo bo`lish
Fernandino: "Manchester Siti" "Enfild"ga g'alaba uchun boradi"
08 noy 2019, 14:50
17

APL 12-turida peshqadam "Liverpul" o'z maydonida amaldagi chempion "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Ayni paytda Gvardiola shogirdlari "qizillar"dan 6 ochko ortda qolishmoqda. "SHaharliklar" yarim himoyachisi Fernandino markaziy o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Biz "Enfild"ga g'alaba uchun boramiz. Bizning mentalitet - hamisha g'alaba uchun o'ynash", - deya braziliyalikning so'zlarini keltirdi "Goal.com" nashri.

Fernandino "Man Siti" o'yinchisi sifatida "Liverpul" maydonida 7 bor to'p tepgan va faqatgina bir marta mag'lub bo'lmagan. O'tgan mavsum jamoalar 0:0 hisobida durang o'ynashgan, qolgan bellashuvlarda Klopp shogirdlari uyda g'alabani berishmagan.

Umuman Premer-liga davrida "Manchester Siti" "Enfild"da faqat bir martagina g'alaba qozona olgan (2003 yil).

Manba: CA
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 1 ta)
09 noy 2019, 07:10
#1, KENT
Hudo biladi
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net