Kirish A`zo bo`lish
Klopp: ''Ushbu o‘yinni bolalar uzoq vaqt eslab qolishlariga umid qilaman''
31 okt 2019, 13:50
47

''Liverpul'' bosh murabbiyi Yurgen Klopp ''Arsenal''ga qarshi bo‘lib o‘tgan Liga Kubogi o‘yinidan so‘ng (5:5, penaltilar bo‘yicha – 5:4) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

''Biz bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ba’zida jamoa juda ochiq o‘ynadi. Ushbu o‘yinni bolalar uzoq vaqt eslab qolishlariga umid qilaman. Men ular nimalar qilishganini umuman tushunmadim. Ayrim yoshlarimiz uchun ''Enfild''da o‘ynash orzu edi. Barcha gollarimiz ajoyib bo‘ldi.

Kellexer – ajoyib iste’dod. Jons? Unga oxirgi penaltini ishonib topshirish mening qarorim emas edi. Ro‘yxatda oxirgi penaltini amalga oshiruvchi o‘yinchi sifatida Origini ko‘rgan edim. Shubhasiz, ular ro‘yxatni o‘zgartirdilar''
, – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi BBC.

Manba: tribuna.uz
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 2 ta)
02 noy 2019, 15:45
O‘yin vapshe daxshat bo‘ldi
31 okt 2019, 15:55
Bolla yaxshi oynadi kecha birinchi tarkibdan hech km tushmadi,Milner ham hozir ikkinchi tarkibga tushib qolgan, Chamberlai hali unchali formasiga qaytmagan,Keyta ha shunaqa bechara yana jaroxat oldi,Gomes ham ikkinchi tarkibda hozi,Origi ham ikkinchi qoganlani hammasi yoshlar edi,Lallana qob ketbdi endi u asosiyga kiromasa kere,Kecha Lallana opornik bop oynadi lekin
Onlayn: 2 (0/2)
uzstat.net