Kirish A`zo bo`lish
Milner ''Liverpul'' bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda
30 okt 2019, 17:00
19

''Liverpul'' yarimhimoyachisi Jeyms Milner klubdagi istiqboli haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

''Bir necha yil oldin menga vaqt o‘tishi bilan mashg‘ulotlardan cheklanib, o‘zimga g‘amxo‘rlik qilishim kerakligi haqida aytishdi.

Men bunga qo‘shilmayman. Men o‘zimni qanchalik qiynasam, jismoniy tayyorgarligim shuncha yuqori bo‘ladi. O‘zimni hali ham yaxshi his qilyapman, 6 yil oldingidan hech qanday o‘zgarish yo‘q.

''Liverpul'' bilan shartnomam mavsum so‘nggigacha mo‘ljallangan. Umid qilamanki, biz biror to‘xtamga kelamiz. Men imkon qadar uzoq vaqt yuqori darajada o‘ynashni istayman''
, – deb Milnerning so‘zlarini keltiradi The Guardian.

Manba: tribuna.uz
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 1 ta)
02 noy 2019, 15:42
Yengi shartnoma taklif qilish kere Milnerga
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net