Kirish A`zo bo`lish
Yurgen Klopp qishda germaniyalik o'yinchini jamoaga olib kelmoqchi
30 okt 2019, 16:22
67

"RB Leypsig" forvardi Timo Verner qishki transferlar oynasida "Liverpul" futbolchisiga aylanishi mumkin.

23 yoshli germaniyalik o'yinchining xizmatlariga shaxsan Yurgen Kloppning o'zi qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko'ra, Vernerning o'ziga ham "Liverpul" varianti ko'proq yoqmoqda.

Futbolchi joriy mavsum Bundesligada 9ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan. Qayd etish kerakki, Vernerning klub bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yozda o'z yakuniga yetadi.

Verner faoliyatini "SHtutgart"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Leypsig"ga 2016 yilda o'tgan edi. Hujumchi 2017 yildan buyon Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Manba: CA
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 5 ta)
30 okt 2019, 16:54
Robertsonni orniga Milner tushishi mumkin
30 okt 2019, 16:54
Xudo xoxlasa bugun Arsenalni yutamiza
30 okt 2019, 16:53
bugun Arsenalga qarshi taxminiy tarkibimiz
Kellexer
Arnold Gomez Virgil Robertson
Chamberlain Keyta Lallana
Origi Brwester Elliot
30 okt 2019, 16:51
nimadir bolar balki kelar
30 okt 2019, 16:51
Qishgi transferlargacha hali 2 oy bor
Onlayn: 5 (1/4)
uzstat.net