Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "Tanaffusda futbolchilarga faqat bitta muammo borligini aytdim – tablodagi hisob"
28 okt 2019, 15:30
31

''Liverpul'' bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 10-turidan o‘rin olgan ''Tottenhem''ga qarshi bahsdan so‘ng (2:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

''O‘yinni yomon boshlamadik, ammo raqib gol urgan vaziyatda biroz omad kulib boqmadi. ''Tottenhem'' yaxshi himoyalandi va qarshi hujumlarni amalga oshirdi. Biz asabiylashmadik. Rejani bajarib, hammasini to‘g‘ri qildik.

Raqib meni ajablantirmadi. Ular dunyodagi har qanday jamoaga muammo tug‘dirishlari mumkin. Biz to‘pga 70% egalik qildik, ammo bu – ''Tottenhem'' uchun normal holat.

Barcha o‘yinlar shunday o‘tishini xohlayman. Yigitlar o‘z vazifalarini bajardilar. Biz bir qancha imkoniyatlar yaratdik, darvozabon esa birin-ketin seyvlar amalga oshirdi.

Tanaffusda men ushbu bahsda faqat bitta muammo borligini aytdim – tablodagi hisob. Biz muosib tarzda g‘alaba qozondik''
, – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi BBC.

Ma’lumot uchun, ''Liverpul'' APLda 10ta o‘yindan so‘ng 28 ochko to‘plab, 1-o‘rinda bormoqda. ''Tottenhem'' esa 12 ochko bilan 11-o‘ringa joylashgan.

Manba: tribuna.uz
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 0 ta)
Hali hechkim izoh qoldirmadi 1 - bo`l!
Onlayn: 2 (0/2)
uzstat.net