Kirish A`zo bo`lish
Yozda 3 futbolchi "Liverpul" bilan xayrlashadi
16 mar 2019, 20:12
790

The Times nashrining berayotgan xabariga ko‘ra, yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida 3 nafar futbolchining "Liverpul" bilan aloqani uzishi deyarli hal. Bular: Simon Minyole, Alberto Moreno va Daniel Starrij.

Moreno hamda Starrijning amaldagi shartnomasi mavsum yakunlanganidan so‘ng nihoyalanadi. Tabiiyki, yangi shartnoma tuzilmagacha mazkur futbolchilar o‘zlariga boshqa jamoa izlashlariga to‘g‘ri keladi. Minyole esa ma’lum summa evaziga sotilishi kutilmoqda. Boisi, u jamoadagi o‘rnidan qoniqish hosil qilmayapti.

Manba: Liverpul.asia
  0 
Onlayn: 11 (0/11)
uzstat.net