Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" futbolchisi APLni mag'lubiyatsiz yutmoqchi
21 okt 2019, 15:20
27

"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum APLda mavsumni mag'lubiyatsiz tugatishni xohlamoqda.

Bu haqda "The Daily Mirror" nashri malumot tarqatdi.

"Bu bo'lishi mumkin bo'lgan narsa. Hech buyog'iga nima bo'lishini bilmaydi. Hozircha bizga omad kulib boqmoqda.

Bizning muvaffaqiyatlarimiz jamoaning tinimsiz mehnati samarasidir. Aslini olsak biz bu mavsum APLda biror marta mag'lubiyatga uchramagan holda "Arsenal"ning natijasini takrorlamoqchimiz. SHunchaki har bir bahsda g'alaba qozonishni xohlaymiz"
, - deydi Veynaldum.


Eslatib o'tamiz, bunday natijani tarixda faqat bir jamoagina uddalagan. Arsen Venger boshchiligidagi "Arsenal" 15 yil muqaddam mag'lubiyatsiz chempion bo'lgan. Gollandiyalik futbolchi ham jamoasi bunga qodir deb hisoblamoqda.

Manba: CA
  0 
Fikrlar (Umumiy: 1 ta)
21 okt 2019, 15:56
Окс - 30+ минут сыграно, два удара в молоко, два оч. плохих заброса, три обреза опасных. Кейта 10+ сыграно вывел Робертсона в нужную точку первым же обострением на 3-й минуте со своего старта....
Onlayn: 3 (1/2)
uzstat.net