Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" himoyachisi Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi
16 okt 2019, 21:15
25

"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Ginnessning rekordlar kitobining 2020 yilgi sonidan joy oldi.
2018/19 yilgi mavsumda 21 yoshli ingliz Anliya chempionatida 12ta golli pas berdi. SHu tariqa u APLdagi bir mavsumda eng ko'p golli uzatmani amalga oshirgan himoyachi sifatida rekordlar kitobiga kiritildi.

Oldingi rekord "Everton"
futbolchilari Endi Xinchkliff va Leyton Beynsga (11tadan golli pas) tegishli edi.

"Bu men uchun sharaf. Doim jamoamga yordam berishga va ko'proq imkoniyatlar yaratishga intilganman.

Futbol — jamoaviy o'yin, klubdoshlarimsiz bu rekordga erisha olmasdim.

Men va oilam uchun bu sharafli hodisa. Umid qilamanki, rekordim bir necha yillar davomida saqlanib qoladi", — deydi Aleksander-Arnold.

Manba: CA
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 0 ta)
Hali hechkim izoh qoldirmadi 1 - bo`l!
Onlayn: 4 (1/3)
uzstat.net