Kirish A`zo bo`lish
Enrike: “Liverpul” bu yil APL va YeCHLni qo‘lga kiritadi”
15 okt 2019, 12:20
54

Angliyaning ''Liverpul'' klubi sobiq himoyachisi Xose Enrike joriy mavsumda uning sobiq jamoasi APL chempionligini va YeCHL g‘olibligini qo‘lga kiritadi deb hisoblamoqda.

''O‘sha yili klubda Klopp kelganida men jamoani tark etgandim. U barchani narsani qilmoqda, jamoa boshqaruvini qo‘lga olgan. Jamoaning hozirgi o‘yini shunchaki tahsinga loyiq.Klopp har bir futbolchining o‘yinini kuchaytira oldi.

O‘ylaymanki, ''Liverpul'' navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritadi. O‘tgan mavsumda ular YeCHL sohibiga aylanishdi. Ungacha esa biroz omad yetishmagandi

Taxminimcha, joriy mavsumda “Liverpul” APL va YeCHL g‘olibligini qo‘lga kiritadi. Ular har bir sovrin uchun kurash olib boradi, ular hozirda kuchli o‘yin namoyish etishmoqda''
, —Enrikening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Liverpool Echo.

''Liverpul'' APLda 8 ta uchrashuvda ketma-ket g‘alaba qozondi. APL turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini band etib turgan ''Manchester Siti'' Klopp shogirdlaridan 8 ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 2 ta)
17 okt 2019, 14:52
Apl ni yutish kere
15 okt 2019, 12:47
Xudo xoxlasa
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net