Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" APL uchun rekord qiymatdagi shartnomani imzolashi kutilyapti
25 sen 2019, 11:30
108

Nike kompaniyasi katta ehtimol bilan "Liverpul"ning yangi texnik homiysiga aylanadi, deb xabar berdi Daily Mail.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar tez orada Amerika kompaniyasi bilan kelishuvga erishadi. Bu kelishuv Angliya chempionati uchun rekord qiymatda imzolanishi kutilyapti.

"Liverpul"ning hozirgi texnik homiysi New Balance bilan bitimi 2020 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Mazkur shartnoma asosida "qizillar" hamkorlaridan bir mavsum uchun 45 mln funtdan olib kelishayotgan edi.

Chempionlar ligasi g‘olibi 2018 yil dekabridan buyon adidas va Puma bilan ham muzokaralar o‘tkazib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, homiylik shartnomalari bo‘yicha APL rekordi "Manchester Yunayted"ga tegishli – adidas "MYU"ga mavsumiga 75 mln funt to‘laydi. "Manchester Siti" esa shu yil fevralda Puma bilan umumiy qiymati 650 mln funtga teng 10 yillik shartnoma tuzgandi.

Manba: Tribuna.uz
Теглар
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net