Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "Salah "Liverpul"da muvaffaqiyatga erishadi, deb o‘ylamagandim"
25 sen 2019, 11:10
53

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa hujumchisi Muhammad Salah haqida gapirdi.

"Men Salahni "Liverpul"da muvaffaqiyatga erishadi, deb o‘ylamagan edim. Ehtimol, Muhammadning o‘zi ham buni tasavvur qilmagan.

Hammamizning orzularimiz bor. Bundan tashqari, Salah ko‘p narsani orzu qiladi va ko‘p narsaga erishishni xohlaydi. Bu yaxshi. Unga o‘yin uslubimiz, jamoaning maqomi birinchi kundanoq yordam berdi.

Uning uchun hamma narsa avvalgi yillarga qaraganda farq qilardi. "Chelsi"dagi davr haqida gapirishning hojati yo‘q, u butunlay boshqacha rolga ega edi. "Roma"da ham Edin Jeko uning oldida edi, unga to‘pni berishi kerak edi. Bizda esa u ikkita mehnatkash o‘yinchi – Firmino va Mane bilan o‘ziga mos vazifani bajaryapti.

U 44ta gol urishi mumkin, deb o‘ylamagandik. Men u uchun ham, o‘zimiz uchun ham xursand bo‘ldim. O‘yinchilar bilan shartnoma imzolaganingizda, biroz omad ham kerak bo‘ladi. Bu sodir bo‘ldi", – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi Liverpool Echo.

Manba: Tribuna.uz
Теглар
  0 
Onlayn: 5 (0/5)
uzstat.net