Kirish A`zo bo`lish
Gvardiola faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi
21 sen 2019, 16:20
119

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLda chempionlik uchun kurash haqida gapirdi.
"Bir narsani tushunish kerak. O'tmishda biz bir necha bora takrorlagan narsa kelajakda boshqa qaytarilmasligi mumkin.

"Liverpul" - men to'qnash kelgan eng kuchli raqib bo'ldi. Bu kuchsizlikni anglatmaydi. "Liverpul" o'tgan mavsumda bizdan yuqoriroqda ketayotgan paytda ham shuni aytgandim. O'sha paytda bizda ham ularda ham g'alaba va mag'lubiyat ketma ket kelayotgandi.

Ularning qarshi hujumida yakdillik bor, hujum mentaliteti ajoyib tarzda shakllangan. Ularni mag'lub etish va chempionlikni himoya qilish juda qiyin bo'ladi", - dedi Gvardiola.

Manba: CA
Теглар
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net