Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" Jeyms Milner bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokarani boshladi
11 sen 2019, 08:43
115

"Liverpul" klub yarim himoyachisi Jeyms Milner bilan yangi shartnoma yuzasidan muzokarani boshladi, deb xabar bermoqda The Athletic nashri.

Ma’lumki, 33-yoshli sobiq Angliya terma jamoasi yarim himoyachisining amaldagi shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar amal qiladi. Shu boisdan "qizillar" unga yana taxminan ikki yillik yangi shartnoma taklif qiladi.

Agar tomonlar yanvar oyiga qadar kelisha olmasa, u holda Milner boshqa klub bilan muzokara o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Manba: The Athletic
Теглар
  0 
Onlayn: 7 (0/7)
uzstat.net