Kirish A`zo bo`lish
Yurgen Klopp-"Terf Mur" tashrif uchun murakkab joy
30 aug 2019, 19:46
765

Yurgen Klopp "Byornli"ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi:

Sovrinlar va Virjil van Deyk haqida:

Yigitlar qo'lga kiritgan sovrinlariga loyiq edilar. Virjil hozirda shubhasiz, dunyoning eng kuchli himoyachisi, haqiqiy jahon darajasidagi futbolchi, ajoyib futbolchi.
Yaxshi futbolchilar jamoani kuchli qilishadi. Albatta, sizning jamoangizda kuchli, tezkor, yaxshi texnikaga ega markaziy himoyachi bo'lsa - siz g'alabalar qozonasiz.

Bu gaplarni Gomez, Lovren va Matipga ham ayta olaman.
Men Virjil dunyo darajasidagi himoyachi bo'lishiga shubha qilmagandim, aynan shuning uchun biz uning transferi uchun 75 mln. to'ladik.

Adrian va Alisson haqida:

Alisson jarohatidan tuzalmoqda, lekin futbolda jarohat bilan hazillashib bo'lmaydi. Uning to'liq tuzalishi uchun vaqt kerak. Mushaklar tiklanishi va oldin qanday darajada bo'lsa o'sha darajaga chiqishi uchun vaqt kerak.
U hozir bemalol sakray olmoqda, bu juda muhim.

Adriandan judayam ma'mnunman. Uni jamoaga qo'shib olish qarori - to'g'ri qaror edi.

Himoyachilar va tarkibdagi rotatsiya haqida:
Bizga barcha himoyachilarimiz kerak. Mavsum endigina boshlandi. Bizda o'tgan mavsum boshqalarga qaraganda taqvimimiz qiyinroq edi va dam olishga vaqt yo'q edi.

Hozir himoyachilardan kim asosiy tarkibda o'ynashi, uning qanday formada ekanligiga bog'liq.
Biz tarkibda o'zgarishlar qilamiz, lekin faqat zarur holatdagina.

Lovren transferi? Biz u haqida gapirmoqchi emasmiz, men aytgandim, bizga barcha himoyachilarimiz kerak, haqiqatdan ular juda kerak.
O'tgan mavsun bizda 4 ta markaziy himoyachi bor edi, biroq YeChL uchrashuvida Fabinyoni markaziy himoyada o'ynatishimizga to'g'ri keldi.

"Byornli" haqida.

"Terf Mur" - tashrif uchun murakkab joy.
Biz bu yerda ko'p bo'lganmiz: issiq, shamolli, yomg'irli. Bu yerda har doim qiyin.
"Byornli" aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirmoqda. O'tgan uchrashuvlarimiz ham murakkab kechgandi.

2 yil oldin ular Yevropa Ligasiga chiqishni uddalashgandi.
Shuning o'ziyoq ularning qanday mehnat qilayotganini anglatadi.
Ular o'z o'yinlarini o'zgartirmaydi, lekin har qanday jamoa bilan tengma-teng bahslasha oladi. Hech kim ularni yirik hisobda mag'lub qila olmaydi.
Bizni qiyin uchrashuv kutayotganini hammamiz tushunib turibmiz.

Bobbi Dunkan va yosh futbolchilar haqida:

Bobbi haqida bir narsani ayta olaman - u bizning iqtidorli yoshlarimizdan va biz u haqida doim qayg'uramiz. U biz bilan mavsumoldi o'yinlarida birga bo'ldi, men u bilan gaplashgandim.

Yosh futbolchilarning asosiy muammosi bu sabr qilishni bilmasligida.

Har kim ham 17 yoshida Leo Messi bo'la olmaydi. Murabbiylar aytayotgan gaplarga quloq tutish va faqat to'g'ri ishlarni amalga oshirish kerak.
Shu sabab, yosh futbolchilarning har biri bilan o'zim alohida suhbatlar olib boraman va ularga alohida shahs sifatida muamola qilaman.

Shakiri va 12 o'yinlik g'alabali seriya haqida:
Shakiri bilan hammasi joyida, u mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
Endigina mavsumning bir oyi ortda qoldi. Bu futbolchilar uchun qiyin davr.
Uning jarohati mavjud edi, endigina u bundan forig' bo'ldi.
Mashg'ulotlarda Shakiri yanada yaxshiroq bo'lishi yoki boshqa nimadir ko'rsatishi kerak emas, uning hozirgi holati ham bizga juda mos keladi.

Biz g'alabali seriyalar haqida o'ylamaymiz ham. APL da qachon yutqazganimizni eslay olmayman ham.
Biz faqat keyingi uchrashuv haqida o'ylaymiz.
Biz mavsumni "Manchester Siti" bilan ochkolarni solishtirish bilan o'tkazmaymiz. Odamlar agar "Siti"dan bir ochko qolib ketsak, hammasi tamom deb hisoblashlari mumkin.
Biroq, biz hozir ochkolarni hisoblamaymiz ham, mavsum uzoq davom etadi.

Manba:
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 5 ta)
08 sen 2019, 15:33
Omad
02 sen 2019, 20:32
Muhammad-Amin,
шунга ухшаш фикрлар булиябди.хохиш бору ишлайдиган одам йук.янги админлар булса айтинглар албатта Ливерпульга бефарк булмаганлар,сайтимизга керак булиябди янги кон
01 sen 2019, 18:13
Adminlar sizlardan iltimos shu saytni yana oldingi holatiga qaytaringlar. Oldin saytimiz qanday ediya! Har o‘yin oldidan fikr almashardik, choyxona bo‘lardi, har xil ko‘nkurslar o‘tilardi eng asosiysi SAYTda FAYZ bo‘lardi! nimaga endi hozir qayta tashkil qilinmayapdi axir uzoq kutilgan G‘ALABALI ONLAR klubimiz tomonidan qo‘lga kiritilyapdiku shunaqa paytda BIRLAShIShIMIZ KERAKMASMI? BIR-BIRIMIZNI TABRIKLAB XURSANDChILIGIMIZNI BIRGA BAXAM KO‘RMAYMIZMI? Exxe o‘shal damlar...
30 aug 2019, 20:58
#2, Owen
Сунгги икки йилда шу стадиондан галаба билан кайтяпмиз. Бу сафар хам шундай булади. Худо хохласа...
30 aug 2019, 20:56
#1, Owen
Тогри, кийин уйин булади. Бёрнли Ливерпуль билан уйинни деб лига кубокни курбон килди.
Onlayn: 7 (0/7)
uzstat.net