Kirish A`zo bo`lish
Rasman. «Liverpul» yangi darvozabon bilan shartnoma imzoladi
05 aug 2019, 23:34
163

«Liverpul» klubi ispaniyalik darvozabon Adrian bilan shartnoma imzoladi. Bu posbonning so'nggi jamoasi «Vest Xem» bo'lgan edi. 32 yoshli futbolchi erkin agent sifatida mersisaydliklar safiga qo'shildi. Ispaniyalik futbolchi bugun «Bryugge»ga sotilgan Simona Minolening o'rnini egallaydi.«O'zimni baxtli his qilyapman. Bu ajoyib jamoa safida ishlashdan xursandman. Jamoa barcha sovrinlarni qo'lga kiritishi uchun qo'limdan kelgancha yordam berishni istayman. Asosiy tarkibdan joy olish kurashish uchun keldim», — dedi Adrian.Adrian «Vest Xem» safida 6 yil davomida faoliyat olib borib, 150ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba:
Теглар
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net