Kirish A`zo bo`lish
Yurgen Klopp: «Bugungi o'yinimiz saviyasi g'alabadan muhimroq bo'ldi»
05 aug 2019, 00:53
107

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya superkubogi doirasida bo'lib o'tgan «Manchester Siti»ga qarshi o'yin (1:1, penaltilar - 4:5) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.«Ikkinchi bo'limda juda kuchli o'yin namoyish qildik. «Manchester Siti» va biz mavsumga bir xil tarzda tayyorgarlik ko'rdik. O'yindan keyin Kevin de Bryuyne bilan gaplashib, shu xulosa keldikki, hozir kimning tayyorgarligi qay darajada ekanini bilish qiyin. Bugun kamida durangga haqli edik. O'yin so'ngida raqib darvozaboni bir necha vaziyatlarda jamoasini qutqargani o'yin taqdirini hal qildi. Bugun xafsalam pir bo'lmadi. Boisi, o'yinimiz saviyasi g'alabadan muhimroq bo'ldi. Biz to'g'ri futbol o'ynash olishimiz mumkinligini bilamiz.Birinchi bo'limga yaxshiroq chog'lanishimiz mumkin edi. Shunga qaramay, gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ikkinchi bo'limda ba'zi narsalarga o'zgartirish kiritdim. G'alaba qozonishni istagandik. Ammo o'yin so'ngida biroz omad etishmadi. «Man Siti»ni tabriklayman», – dedi Klopp.

Manba:
Теглар
  0 
Onlayn: 7 (0/7)
uzstat.net