Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" "Siti"ga qarshi. Angliya Superkubogi prevyusi
04 aug 2019, 13:51
112

Bugun Angliyada yangi mavsumning dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Londondagi "Uembli" stadionida o'tgan mavsum Angliya premer-ligasi chempioni "Manchester Siti" klubi Angliya Kubogi sohibi "Liverpul" bilan mamlakat Superkubogi uchun kurash olib borishadi.

Martin Atkinson boshqarib boradigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan bahs championat.asia sayti orqali matnli translyaciya qilinadi.

"Liverpul" "Siti"ga qarshi. Angliya Superkubogi prevyusi
Angliya Superkubogi-2019
"Liverpul" – "Manchester Siti"
4 avgust, 19:00, London. "Uembli" stadioni.
Bosh hakam: Martin Atkinson
Translyaciya: "Futbol TV"


Taxminiy tarkiblar:

Liverpul: Alisson – Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson – Xenderson, Fabino, Keyta – Salax, Firmino, SHakiri

Manchester Siti: Ederson – Uoker, Otamendi, Stounz, Zinchenko – de Bryuyne, Rodri, David Silva – Bernardu Silva, Aguero, Sterling.

Yo'qotishlar: Nataniel Klayn, Sadio Mane - Riyad Mahrez, Benjamin Mendi, Emerik Lyaport.


"Liverpul" "Siti"ga qarshi. Angliya Superkubogi prevyusi
Murabbiylar nima deydi?

Yurgen Klopp ("Liverpul"):

"Agar bu musobaqa hech nimani hal qilmasa, unda nima uchun unda maydonga tushayapmiz? Nima uchun uni bekor qilib qo'ya qolmaymiz? Germaniyada besh marta Superkubokni yutganman – buni hech kim eslamaydi ham. Odamlar doim bir xil gapirishardi: "Axir bu shunchaki Superkubok-ku".

Pep Gvardiola (Manchester Siti):

"O'tgan mavsum deyarli barcha sovrinlarni yutgandik. Esda qolarli voqea edi. Endi biz barchasini boshidan boshlashimiz kerak. Barcha futbolchilar, Fernandinodan tashqari, klub ixtiyoriga qaytishdi. Yakshanba kungi bahsda maydonga mavsumoldi yig'inda ko'proq o'ynaganlar tushishadi, sababi ular yaxshi sport formasida".

Manba:
Теглар
  0 
Onlayn: 7 (0/7)
uzstat.net