Kirish A`zo bo`lish
Origi: "Liverpul" menga shartnoma muddatini uzaytirishni taklif qildi, lekin..."
06 iyn 2019, 18:20
347
Origi: "Liverpul" menga shartnoma muddatini uzaytirishni taklif qildi, lekin..."

"Liverpul" hujumchisi Divok Origi kelajagi haqida gapirib o'tdi.
"Kelajagim haqida ko'p gapirishni istamayman. "Liverpul" mening hislatlarimni yaxshi biladi, yaqinda klub agentimga shartnomani uzaytirishni taklif qildi va birinchi qadam tashlandi. Jamoada o'zimni qulay his qilyapman. Bundan tashqari, biz Yurgen Klopp timsolidagi katta murabbiyga ham egamiz. O'zimning shaxsiy maqsadlarim bor, lekin jamoaning vazifalari bundan ustun turadi. Hozir butun etiborim SHotlandiya va Qozog'iston terma jamoalariga qarshi o'yinlarga qaratilgan. SHundan keyin kelajagim borasida o'ylashni boshlayman va qaror qabul qilaman", - deydi Origi.
Belgiyaliklar Evro-2020 saralash o'yinlari doirasida 8 iyun kuni Qozog'iston va 11 iyunda SHotlandiya termasi bilan bellashishadi.

Manba: CA
Теглар
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net