Kirish A`zo bo`lish
Final oldidan qiziqarli ma'lumotlar
01 iyn 2019, 15:59
201

Xabaringiz bor bugun Madridda YeChLning final bahsi bo'lib o'tadi.Unda "Liverpul" hamda "Tottenhem" bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

O'zaro o'yinlarda "Tottenhem" 48 ta bahsda g'alaba qozongan 43 ta bahsda kuchlar teng kelgan 79 ta bahsda "Liverpul"ning qo'li baland kelgan.

To'plar farqi:195-266 mersisayd klubi foydasiga.Ushbu mavsumdagi ikkala bahsda ham mersisayd klubi zafar quchgan (1:2, 1:2).

O'yin haqida ma'lumotlar.

"Liverpul" 5 marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan, "Tottenhem" esa birinchi bor finalda o'ynaydi.

O'tgan yili ham "Liverpul" YeChL finalida o'ynagan lekin Kiyevda "Real Madrid"ga imkoniyatni boy bergan.

Yevrokubog bahslarida ikkala klub bir bor to'qnash kelishgan 1972/73-yilgi UEFA kubogining yarim finalida ikkala o'zaro bahs olib borgan va unda " Liverpul" mehmonda urilgan gol evaziga finalga yo'l olgan (1:0, 1:2).

So'nggi 14 ta bahsning faqatgina bittasida "Liverpul" " Tottenhem"ga imkoniyatni boy bergan, 9 g'alaba ,4 ta durrang.

"Tottenhem" Ispaniyada o'ynagan bahslarda g'alaba qozonmagan 3 ta durrang, 3 ta mag'lubiyat.

"Liverpul" Yevrokubog bahslarida ingliz klublariga qarshi oxirgi 5 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti 3 ta g'alaba va 2 ta durrang.

Eslatib o'tamiz mazkur uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Manba: liverpul.asia
Теглар
  0 
Onlayn: 2 (0/2)
uzstat.net