Kirish A`zo bo`lish
Klopp final oldidan nimalar dedi?
28 may 2019, 21:49
367

YeChL finali oldidan Yurgen Klopp matbuot anjumanida ishtirok etdi :

Biz bu imkoniyatga yana bir bor ega bo'layotganimizdan baxtlimiz. Albatta, biz endi tajribaliroqmiz, lekin bu farqni yuzaga keltirmaydi. Bu tajriba bizga his hayajonlarimizni nazorat qilishimizga yordam beradi.

Keyta va Firmino haqida:

"Nabi finalda ishtirok eta olmaydi. Firmino esa finalga tayyor bo'ladi. U hozir mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etmoqda".

Hozirgi "Liverpul" haqida:

"Men bundan kuchli jamoa bilan finallarda o'ynamaganman.
Mening jamoamdagi eng yaxshi xislat bu - doim rivojlanish istagidir. Men doim Jeyms Milnerni misol qilib ko'rsataman - u 33 yoshda, biroq u haliyam o'yindan o'yinga "o'sib bormoqda".

YeChL haqida:

"O'tgan yilgi finaldan keyingi rejamiz - yana finalga chiqishdan iborat edi. Oxir oqibat biz yana finaldamiz. Bu ajoyib. Kiyevdagi final bizning yanada rivojlanishimiz uchun turtki vazifasini o'tab berdi. O'tgan yilgi jamoa bilan hozirgisini taqqoslab ham bo'lmaydi, biz ancha o'sishga erishdik.

Pep Gvadiolaning "APLni yutish YeChLni yutishdan muhimroq" degan so'zlari haqida:

"Pep bu so'zlarni gapirishga majbur, chunki u ancha vaqtdan beri YeChL finallarida o'ynamayapti! U ajoyib murabbiy, o'zi qabul qilib olayotgan har qanday maqtovlarga munosib".

"Tottenhem" haqida:

"APLda biz ikki marta "Tottenhem" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondik, lekin har ikkala uchrashuv ham juda qiyin kechdi, ayniqsa uydagi uchrashuv. Bizning vazifamiz o'zimiz xohlagan o'yinni ko'rsatishdan iborat"

O'z faoliyati davomida eng esda qolarli yutuq haqida:

"Hozircha eng esda qolarli voqea 2004-yilda "Mayns" bilan Bundes ligaga chiqqanimiz. "Liverpul" bilan YeChLni qo'lga kiritsak, o'ylab ko'rishimga to'g'ri keladi".

Xatolar haqida:

"Biz har qanday vaziyatga tayyor turishimiz kerak, albatta xatolarga ham. Bu juda muhim o'yin, bizni butun dunyo kuzatib boradi, xuddi "Barselona"ga qarshi uchrashuv kabi. O'sha uchrashuvda biz xatolar albatta bo'lishini tushundik, lekin javob o'yinida ularni tuzatish mumkinligini ham his qildik.

Uchrashuvlar orasidagi tanaffus haqida:

"Agar mendan uchrashuvlar orasida 3 haftalik tanaffus yoki 3 kunlik tanaffus so'ralsa, men albatta 3 haftalikni so'rayman. "Tottenhem"da jarohatlar borasida bir qancha muammolar bor edi, lekin endi ularda hammasi joyida.
Bizda ham Firmino safga qaytishga ulgurdi. Shuningdek, biz shanba kuni ritmga tushib olish uchun o'rtoqlik o'yini tashkil qildik".

O'tgan mavsum finaldagi mag'lubiyat haqida:

"Muammo faqat Salahning jarohatida emasdi. Ushbu pozitsiyada o'ynay oladigan futbolchilardan faqat Adam Lallananing mavjudligida edi, qolgan barcha futbolchilar jarohat olishgan edi".

Manba: Liverpul.Uz
Теглар
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net