Kirish A`zo bo`lish
Yurgen Klopp "Yuventus" taklifini rad etdi
20 may 2019, 21:31
507

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Yuventus» vakillari bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar tarqatdi italiyalik jurnalist Tankredi Palmeri tvitterdagi sahifasida.

Uning ma’lum qilishicha, Klopp Turin klubi taklifini rad etgan.

51 yoshli nemis mutaxassisining mersisaydliklar jamoasi bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda «qizillar» APLda kumush medal sohibi bo‘ldi, 1 iyun kuni «Tottenhem»ga qarshi YeCHL finalida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Massimiliano Allegrini iste’foga chiqargan «byankoneri» «Chelsi» ustozi Mauritsio Sarri va «Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino nomzodlariga ham qiziqish bildirmoqda.

Manba:
Теглар
  1 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net