Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" Ispaniyada yig‘in boshladi. Firmino safga qaytdi
20 may 2019, 21:27
308

"Liverpul" hujumchisi son mushaklaridagi jarohatidan sog‘ayib, mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.

27 yoshli braziliyalik APLning 36-turidagi «Haddersfild Taun» bilan o‘yin (5:0) oldidan mashg‘ulotlar vaqtida shikastlangan edi. Natijada u YeCHL yarim finalidagi «Barselona» bilan o‘yinlar va Premer-liganing so‘nggi ikki turini o‘tkazib yubordi.

Firmino bu mavsum «qizillar»ning 47ta o‘yinida maydonga tushib, 16ta gol urdi va 7ta golga hammuallif bo‘ldi.

Yurgen Klopp jamoasi bugun Ispaniyaning Marbella shahriga yetib keldi. Klub 1 iyun kuni Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida «Tottenhem»ga qarshi Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun maydonga tushadi.

Finalni sloveniyalik Damir Skomina boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi.

Manba:
Теглар
  2 
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net