Kirish A`zo bo`lish
Alisson: "Barselona" ustidan qozonilgan g'alabani farzandlarim va nabiralarimga aytib beraman"
20 may 2019, 21:18
173

"Liverpul" darvozaboni Alisson YeCHL yarim final javob o'yinidagi fantastik o'yinni esga oldi.
Mazkur uchrashuvda "Liverpul" kataloniyaliklarni 4:0 hisobida yutib super kambek ko'rsatganidan xabaringiz bor.

"Bu albatta men uchun xotirada abadiy qoladi. Men ushbu hikoyani bolalarim va nabiralarimga aytib beraman. Umid qilamanki, yaratganning ko'magi bilan ishimizni yakunlay olamiz va sovrinni qo'lga kiritamiz. Bu bizning maqsadimiz", - deya Alissonning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.
UEFA CHempionlar ligasining final uchrashuvida Angliyaning ikki jamoasi kurash olib boradi. "Liverpul" va "Tottenxem" bahsi 1 iyun kuni Madridning "Vanda Metropolitano" stadionida o'tkaziladi.

Manba:
Теглар
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net